Sanoatqurilishbankdan olingan yirik miqdordagi kreditni talon-toroj qilgan tadbirkor jazolandi

Qashqadaryoda fuqaro bankdan 200.000 AQSh dollari miqdorida kredit ajratilishiga erishgan.

Jamiyat
23-may, 17:30
Sanoatqurilishbankdan olingan yirik miqdordagi kreditni talon-toroj qilgan tadbirkor jazolandi

Jinoyat ishlari boʻyicha Muborak tuman sudida SQBdan olingan katta miqdordagi kredit mablagʻlarini talon-toroj qilgan fuqaroga jazo tayinlandi. Sud hukmi Platina.uz ixtiyorida mavjud. 

Sud ishida aytilishicha, fuqaro bankdan 12 oy muddatga 6 oy imtiyozli davr, yillik 4 % ustama haq toʻlash sharti bilan 200.000 AQSh dollari miqdorida kredit mablagʻlari ajratilishiga erishgan. U kredit mablagʻining 136.330 AQSh dollari (1.480.000.000)dan 600.000.000 soʻmini pomidor va bodring mahsulotlari sotib olish uchun  oʻtkazib berib, 25.07.2022 yildagi 15-sonli hisobvaraq-fakturaga asosan 600.000.000 soʻmlik pomidor mahsulotlari sotib olgan.

Shuningdek, 780.000.000 soʻmini  qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotib olish uchun “Muhammad Nazar Qodir” MChJga oʻtkazib bergan,  452.272.000 soʻmlik qovun va tarvuz mahsulotlari va  327.728.000 soʻmlik pomidor sotib olgan. Ushbu mahsulotlarni Qozogʻistonga eksport qilgan va kredit mablagʻidan qolgan 63.670 AQSh dollari (691.200.000 soʻm)ni bankdan naqd pul shaklida olib, ushbu pullarni maqsadli yoʻnaltirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarsiz sarflab yuborgan. 

Shuningdek, sudlanuvchi Qozogʻiston kompaniyasi toʻlagan 142.000 AQSh dollarini ikkilamchi hisob raqamga kirim qilishga erishib, 142.000 AQSh dollarini  1.538.000.000 soʻm naqd pul qilib olgan. Soʻngra 68701,2  AQSh  dollarini  871.480.000 soʻm milliy valyutaga almashtirib,  oʻzining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborib, kredit mablagʻlarini ham hozirgi kunga qadar toʻlamasdan kelgan. Natijada bankning juda koʻp miqdordagi kredit mablagʻini oʻzlashtirish va rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

Ayblanuvchi oʻzining harakatlari bilan JKning  167-moddasi 3-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgan va sudda aybiga qisman iqrorlik bildirdi. 

Yakuniy hukmga koʻra, zararlar qoplangani va kredit qarzlari toʻlangani inobatga olinib, 3 yil muddatga ahloq tuzatish ishi jazosi tayinlandi. Sudlanuvchi qamoqda boʻlgan kunlari ham inobatga olinib, qatʼiy 1 yil 1 oy va 3 kun axloq tuzatish ishlari jazosi muddati qoldirildi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+