Vladimir Putin Oʻzbekistonga keladi
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon suhbatida boʻlajak uchrashuv haqida tayyorgarlik haqida gaplashgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
Kreml matbuot xizmati bergan maʼlumotga koʻra, Rossiya Prezidentining Oʻzbekistonga boʻlajak davlat tashrifiga tayyorgarlikning borishi muhokama qilindi. Shu nuqtai nazardan, ikki tomonlama hamkorlikni, jumladan, savdo-iqtisodiy sohada yanada rivojlantirishning bir qator amaliy masalalari koʻrib chiqiladi.
Vladimir Putin yaqinda Pekinda Xitoy rahbariyati bilan boʻlib oʻtgan muzokaralar haqidagi taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi, deyiladi xabarda.
Har ikki tomon ham Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi ittifoqchilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada izchil mustahkamlash istagini tasdiqladi.
Shuningdek, Oʻzbekiston tomoni ham suhbat haqida maʼlumot bergan. "Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari oliy darajadagi uchrashuvlar natijasida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi hamda boʻlajak ikki tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildilar" deyiladi xabarda.