Suriya prezidentining xotiniga oqqon tashxisi qoʻyildi
Asma Asadda 2019 yilda koʻkrak bezi saratoni ham aniqlangandi.

Suriya prezidenti Bashar Asadning xotini Asma Asadga oʻtkir miyeloid leykemiya, yaʼni oqqon tashxisi qoʻyildi. Bu haqda Suriya prezidenti devonxonasi xabar qilgan.
“Bir nechta alomatlar sababli oʻtkazilgan keng qamrovli tibbiy tekshiruv va testlardan soʻng Suriyaning birinchi xonimida mazkur xastalik aniqlangan.
Prezident rafiqasi Asma Asadda 2019 yilda koʻkrak bezi saratoni aniqlangan va toʻla davolashga muvaffaq boʻlishgan edi.
Asma Asad 1975 yilda Buyuk Britaniyada tugʻilgan. 2000 yilda, oʻsha paytdagi yangi prezident Bashar Asadga turmushga chiqishdan oldin investitsiya bankiri boʻlgan. Suriya mojarolaridagi roli uchun Asma Asadga qarshi Gʻarb sanksiyalari eʼlon qilingan.