Oʻzbekiston delegatsiyasi Raisiyning dafn marosimida qatnashadi
Delegatsiyaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov boshchilik qiladi.
Siyosat
21-may 2024 yil

Ertaga Eron poytaxti Tehron shahrida boʻlib oʻtadigan marhum Prezident Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etadi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Delegatsiyaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov boshchilik qiladi.
Eslatib oʻtamiz, 19 may kuni prezident Ibrohim Raisiy vertolyot halokati oqibatida vafot etdi. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu hodisa yuzasidan hamdardlik bildirdi.
Raisiyning dafn marosimi 23 may kuni Mashhadda boʻlib oʻtadi. Navbatdagi prezident saylovi esa 28 iyun sanasiga belgilangan.