Eronda navbatdagi prezident saylovi sanasi aniq boʻldi

Marhum prezident Ibrohim Raisiyning dafn marosimi 23 may kuni Mashhad shahrida boʻlib oʻtadi. 

Jahon
21-may, 16:50
Eronda navbatdagi prezident saylovi sanasi aniq boʻldi

Eronda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari 28 iyun kuni boʻlib oʻtadi. Bu haqda Tasnim agentligi xabar berdi. 

Prezident Ibrohim Raisi aviahalokatda vafot etgach, uning vazifalari birinchi vitse-prezident Muhammad Muxbirga oʻtdi. Ular parlament spikeri va sud hokimiyati rahbari bilan birgalikda yangi prezident saylovini tashkil etishi kerak boʻlgan maxsus kengash tuzdilar. Ushbu kengashning birinchi yigʻilishi dushanba kuni boʻlib oʻtdi, unda saylov sanasi aniqlandi. Saylovlar 28 iyun, juma kuni boʻlib oʻtadi.

Bu oʻringa nomzodlar 30 maydan 3 iyungacha oʻz nomzodlarini koʻrsatishlari mumkin. Keyin ular Ichki ishlar vazirligi va Kuzatuv kengashi (Vasiylar kengashi) tomonidan talablarga muvofiqligi tekshiriladi. Gap shundaki, Eronda prezidentlikka nomzodlar uchun muayyan cheklovlar mavjud. Ular 40 yoshdan 75 yoshgacha boʻlgan, kelib chiqishi eronlik va "munosib tarjimai holi" boʻlgan, kamida magistr darajasidagi ilmiy darajaga va rahbarlik lavozimlarida ish tajribasiga ega boʻlgan Eron fuqarosi boʻlishlari mumkin. Darvoqe, Eronning oliy rahbari bu bosqichda istalgan nomzodni rad etishi mumkin.

Tekshiruvlardan muvaffaqiyatli oʻtganlar prezidentlik uchun kurashga qoʻyiladi. Saylovoldi tashviqoti 12-27 iyun kunlariga belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, vertolyot halokati sabab vafot etgan marhum prezident Ibrohim Raisiyning dafn marosimi indinga, 23 may kuni Mashhad shahrida boʻlib oʻtadi. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+