DXX Samarqandda bank xodimini qoʻlga oldi
Xodim mijozga 700 mln.soʻm miqdorida kredit rasmiylashtirib berishda yordam taklif etib, pora olishni rejalashtirgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Samarqandda bank xodimini qoʻlga oldi.
DXX tomonidan Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan 1988 y.t., Samarqand shahrida yashovchi, "Ipoteka-bank" aksiyadorlik tijorat ipoteka bankining "Soʻgʻdiyona" bank xizmatlari markazida moliyaviy konsultant lavozimida ishlab kelayotgan M.J. bank mijozi boʻlgan mahalliy fuqaroga 700 mln. soʻm miqdorida ipoteka krediti rasmiylashtirib berishda yordam berishini aytib, evaziga 20 mln. soʻm va 100 AQSh dollari miqdoridagi pul mablagʻini talab qilib kelayotganligi aniqlandi.
Shundan soʻng, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan faol tadbirda M.J. mahalliy fuqarodan avvaldan kelishilgan 20 mln. soʻm va 100 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, protsessual tarzda rasmiylashtirildi.
Hozirda holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq "Yagona buyurtmachi xizmati" xodimi va tadbirkor yirik mablagʻni oʻzlashtirgani sabab ularga jazo tayinlangandi.