Xitoy va AQShning yadro quroli boʻyicha muzokaralari toʻxtab qoldi

Davlat departamenti vakiliga koʻra, ikki mamlakat 2023 yilning noyabridan beri yadroviy qurol nazorati boʻyicha muloqot qilmayapti. Xitoy ham mazkur bayonotga javob qaytardi. 

Jahon
2-may, 14:03
Xitoy va AQShning yadro quroli boʻyicha muzokaralari toʻxtab qoldi

AQSh Davlat departamenti vakilining aytishicha, Qoʻshma Shtatlar va Xitoy 2023 yilning noyabridan beri yadroviy qurol nazorati boʻyicha muloqotga kirishmayapti. Pekin bu bayonotga javoban "megafon diplomatiyasi"dan foydalanishni toʻxtatishga chaqirdi.

"Afsuski, XXR keyingi uchrashuvni rad etdi va biz taqdim etgan variantlarga mazmunli javob bermadi", degan Davlat departamenti vakili Semafor nashriga.

Vakilga koʻra, Vashington Pekinga yadro va kosmik sohalarda mojaro yoki keskinlashuv xavfiga qarshi kurashish uchun "oqilona qadamlar"ni taklif qilgan. Reja mamlakatlar oʻrtasidagi aloqalarni yaxshilash, shuningdek, ballistik raketalarni sinovdan oʻtkazish uchun ogohlantirish tizimini yaratish va koinotdagi keskinlikni kamaytirishga qaratilgan harakatlarni oʻz ichiga olgan.

Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi vakili Lyu Pengyu Davlat departamenti vakilining soʻzlariga javoban, yirik yadroviy arsenallarga ega boʻlgan davlatlarni keyingi muzokaralar uchun yadroviy qurollarni sezilarli darajada kamaytirishga chaqirdi.

AQSh va Xitoy 2023 yilning noyabr oyida Vashingtonda qurol-yarogʻ nazorati boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazgandi. 2024 yilning aprel oyida Qoʻshma Shtatlar birinchi marta Osiyo-Tinch okeani mintaqasida oʻrta masofaga uchuvchi quruqlikdagi raketa tizimlarini joylashtirdi. Mashqlar doirasida FilippingaTyphon tizimlari joylashtirildi. Ilgari bunday qurollar Rossiya-Amerika oʻrta va uzoq masofaga moʻljallangan yadroviy kuchlar toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq taqiqlangan edi.

Eslatib oʻtamiz, yadroviy kallakdan soni boʻyicha AQSh dunyoda ikkinchi (5244 ta) , Xitoy esa uchinchi davlat (410 ta) sanaladi. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+