Toshkentda yana ikki shaxs ozodlikdan mahrum etildi

Ular oʻtgan yili "Dolzarb 40 kunlik" doirasida ushlangan. 

Jamiyat
19-may, 11:00
Toshkentda yana ikki shaxs ozodlikdan mahrum etildi

Poytaxtda "Dolzarb 40 kunlik" doirasida qoʻlga olingan yana ikki shaxs qamaldi.

Toshkent shahar IIBB tomonidan qoʻzgʻatilib tergov qilingan jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari yakunlanib, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumani sudining 24 aprel kunidagi hukmiga koʻra 1985 yilda tugʻilgan Fayziyev Alibek Shaxrulloyevich Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan aybli deb  topilgan. Sud tomonidan unga nisbatan oʻn ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Shuningdek, Jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy tumani sudining 14 may kunidagi hukmiga koʻra,  1990 yilda tugʻilgan Amonov Olimjon Shuhratovich Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan aybli deb  topilgan. Sud tomonidan unga nisbatan toʻrt yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 

Avvalroq “Boxo zavxoz” va “Terminator” laqablari bilan tanilgan Bahodir Sultonov hamda Navoiydagi avtosalon direktori Niyoz Ibodovga jazo tayinlangandi

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+