Eron prezidenti vertolyoti halokatga uchradi

Vertolyot noqulay ob-havo sabab halokatli qoʻnishni amalga oshirgan. Hodisada qurbonlar yoʻqligi aytilmoqda. 

Jahon
19-may, 18:33
Eron prezidenti vertolyoti halokatga uchradi

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy kortejidagi vertolyot halokatga uchragani aytilmoqda. 

Eronning Tasnim nashri xabariga koʻra, vertolyot Sharqiy Ozarbayjondagi qalin tuman tufayli qattiq qoʻnishni amalga oshirgan. Kortejda 3 ta vertolyot bor edi. Mulozimlar va vazirlarni olib ketayotgan ikki vertolyot eson-omon manziliga yetib borgan. 

Qutqaruv guruhlari qoʻnish joyiga yetib borishga harakat qilmoqda, biroq ularning ishi ogʻir ob-havo sharoiti tufayli murakkablashmoqda,  deyiladi xabarda. 

Eron prezidentining yaqinlaridan biri sunʼiy yoʻldosh orqali aloqaga chiqqan. Hodisada qurbonlar yoʻqligi aytilmoqda. Eron prezidenti bilan Tashqi ishlar vaziri ham boʻlgan. 

Soʻnggi xabarlarga koʻra,  Eron prezidentiga shikast yetmagan va avtomobilda Tabriz shahriga yoʻl olgan. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+