Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston prezidentini tabrikladi

Ikki davlat rahbarlari Oʻzbekiston-Qozogʻiston hamkorligini yanada kengaytirishga doir masalalarni koʻrib chiqdilar.

Siyosat
17-may, 10:03
Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston prezidentini tabrikladi

17 may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi. Davlat rahbari Qozogʻiston Prezidentini tavallud kuni bilan chin yurakdan tabriklab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh qozoq xalqiga tinchlik va ravnaq tiladi.

Toʻqayevning Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan katta shaxsiy hissasi alohida qayd etildi.

Ikki davlat rahbarlari Oʻzbekiston-Qozogʻiston koʻp qirrali hamkorligini yanada kengaytirishga doir dolzarb masalalarni koʻrib chiqdilar. Xiva shahrida boʻlib oʻtgan amaliy uchrashuvdagi kelishuvlarning amalga oshirilishi va boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik loyihalarining yangi portfelini shakllantirish, biznes va hududlarni jalb qilgan holda sanoat, transport va logistika, energetika, qishloq xoʻjaligi sohalaridagi kooperatsiyani ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi. Faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi, deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Qosim-Joʻmart Toʻqayev 1953 yilda Olmaotada tugʻilgan. Bu yil u 71 yoshni qarshi oldi. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+