Xorazmda byudjet tashkilotlari uchun qariyb 15 milliard soʻm ajratildi

Bundan tashqari, avgust oyida Xiva shahrida qovun sayli festivali uchun 2 mlrd. soʻm beriladi.

Jamiyat
16-may, 9:50
Xorazmda byudjet tashkilotlari uchun qariyb 15 milliard soʻm ajratildi

Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining byudjet tashkilotlari va byudjetdan pul oluvchilar uchun mablagʻ ajratish boʻyicha qarori eʼlon qilindi. Unga koʻra, turil xarajatlar uchun 14 mlrd. 907 mln. soʻm pul ajratiladi. 

Viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi byudjetga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. 

Mablagʻlar quyidagicha taqsimlanadi: Toshkentdagi Navroʻz bayramida qatnashgan 42 nafar madaniyat xodimi uchun 339 mln. soʻm, Yangibozor tumanidagi bolalar oromgohi uchun 394,9 mln. soʻm, Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi litseyini qurishda yuzaga kelgan qarzdorlik uchun 2,6 mlrd. soʻm, Urganch xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash va infratuzilmani yaxshilash uchun 3,5 mlrd. soʻm, "Lazgi" xalqaro festivali uchun 2 mlrd. soʻm beriladi. 

Bundan tashqari, avgust oyida Xiva shahrida qovun sayli festivali uchun ham 2 mlrd. soʻm beriladi. Yoshlar oyligi tadbirlari va 30 iyun kuni oʻtkaziladigan Yoshlar kuni tadbirlari uchun 1 mlrd. 89 mln. soʻm taqdim etiladi. 

Avvalroq Namangan viloyati hokimi Uchqoʻrgʻon tumani uchun katta pul ajratgani maʼlum boʻlgandi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+