Turkiya parlamenti Oʻzbekistonga oid qator bitimlarni tasdiqladi
Mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolari huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi bitim ham tasdiqlandi.

Turkiya parlamenti Oʻzbekiston bilan qator sohalarda hamkorlik boʻyicha hujjatlarni tasdiqladi. Jumladan ular ichida mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolari huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi bitim ham bor.
Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
2024 yil 15 may kuni Turkiya hukumati va Oʻzbekiston Respublikasi hukumati oʻrtasidagi ayrim muhim hamkorlikka oid qonunlar, bitimlar va protokollar Parlament tomonidan qabul qilinganligi eʼlon qilindi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Turkiya Respublikasi hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi faoliyati toʻgʻrisidagi Bitim;
2.Jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitim;
3. Huquqni muhofaza qilish sohasida oʻqitish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi Protokol;
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida harbiy hadli Bitim;
5. Mudofaa sanoati sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
6. Mahkumlarni topshirish toʻgʻrisidagi Bitim;
7. Mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolari huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Bitim.