Endi qishloqlarda ham dasturchilar koʻpayadi

Ayni paytda hududlar kesimida qaraganda, IT xizmatlari va eksportining asosiy ulushi Toshkent shahriga toʻgʻri keladi.

Siyosat
13-may, 19:02
Endi qishloqlarda ham dasturchilar koʻpayadi

Endi chekka hududlarda IT-shaharchalar tashkil etiladi. Raqamli texnologiyalar vaziri bu haqda prezidentga taqdimot tayyorladi.

Ayni paytda IT xizmatlari va eksportining asosiy ulushi Toshkent shahriga toʻgʻri keladi. Mutaxassislarning 80 foizi shu yerda yashaydi.

Loyihaga koʻra, bunday maskanlar dastlab 15 ta hududda – Chimboy, Gʻijduvon, Zomin, Sharof Rashidov, Forish, Xatirchi, Pop, Shahrisabz, Qoʻshrabot, Sariosiyo, Sirdaryo, Parkent, Toshloq va Tuproqqalʼa tumanlari hamda Xonobod shahrida tashkil qilinadi. Ularda yiliga 10 mingga yaqin yoshlar IT, chet tili va boshqa zamonaviy kasblar boʻyicha bepul oʻqitiladi.

Prezident shaharchalar yoshlar uchun qulay joyda boʻlishi, ularda yuqori malakali mutaxassislar dars berishi zarurligini taʼkidladi. 

IT sanoatni rivojlantirishda startaplarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida IT taʼlim va dasturiy mahsulot yoʻnalishidagi loyihalar boʻyicha 1 milliard soʻmgacha boʻlgan startaplar tanlovini oʻtkazish taklif etilmoqda.

Shuningdek, sunʼiy intellekt dasturlarini yaratish va qoʻllash boʻyicha borasida Muxlisa nomli oʻzbek tilidagi ovozli yordamchi ishlab chiqilmoqda. Ushbu ishlanmani turli zamonaviy texnika vositalariga oʻrnatish moʻljallangan.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+