platina.uz
Jamiyat

Qibrayda radar oʻrnatayotgan muhandis baxtsiz hodisa qurboni boʻldi

Toshkent viloyatida chorraha ustuniga avtomobil radarini oʻrnatayotgan muhandis tok urishi sabab vafot etdi. 

Qibrayda radar oʻrnatayotgan muhandis baxtsiz hodisa qurboni boʻldi

Qibray tumanida chorraha ustuniga avtomobil radarini oʻrnatayotgan muhandis tok urishi sabab vafot etdi. Bu haqda Toshkent viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi buyrugʻida maʼlum qilingan.

Unda aytilishicha, hodisa 2024 yil 1 may kuni sodir boʻlgan. 1998 yilda tugʻilgan, kompyuter tarmogʻi muhandisi M.S Universitet va Salar chorrahasida ishlayotib, qurbon boʻlgan. U 6,5 metr balandlikda elektr simlarini ulash jarayonida havo elektr uzatish tarmogʻiga tegib ketgan va jarohat sabab olamdan oʻtgan.

Mazkur baxtsiz hodisani tekshirish va maʼlumotlarni tegishli joylarga taqdim etish uchun komissiya tuzildi.

Biroz avval Chirchiq va Angrenda ikki ishchi ham baxtsiz hodisa qurboniga aylangan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid