Buloqboshi tumani hokimi va ikki oʻrinbosari ishdan olindi

Oʻtkirbek Maʼmurov Marhamat tumani hokimi lavozimini egalladi. 

Jamiyat
1-may, 9:59
Buloqboshi tumani hokimi va ikki oʻrinbosari ishdan olindi

Buloqboshi tumani hokimi va uning ikki oʻrinbosari ishdan olindi. Hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Boʻtaxonov Furqatbek Tojimaxammadovich va oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Xolmatova Xolisxon Maxkamovna lavozimidan ozod etilgan.

Sobiq hokim Maʼmurov Oʻtkirbek Komiljonovich esa Marhamat tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi xabar berdi. 

Oʻtkirbek Maʼmurov 1973 yilda Oltinkoʻl tumanida tugʻilgan. 1997 yilda “K.Timirzayev” nomli Moskva qishloq xoʻjaligi akademiyasini tamomlagan. 

Mehnat faoliyati davomida qishloq xoʻjaligi sohalarida agronom, mudir, rais oʻrinbosari, rais, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari kabi lavozimlarida ishlagan. 

Biroz avval Buxoro shahar hokimi alshmashgani xabar berilgandi. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+