DXXga ishga kiritishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

U mazkur ishi evaziga 11 ming AQSh dollar talab qilgan. Shuningdek, aybdor muqaddam toʻrt kishini ham shu tarzda aldagan. 

Jamiyat
9-aprel, 17:00
DXXga ishga kiritishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

 Nukusda fuqaroni DXXga ishga kiritib qoʻymoqchi boʻlgan firibgar ushlandi. 

Maʼlum boʻlishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Xoʻjayli tumanida yashovchi, 1983 y.t. K.J. aldov yoʻli bilan oʻzganing ishonchiga kirib, tanishlari orqali uni Davlat xavfsizlik xizmati organlariga ishga kiritib qoʻyish evaziga 11 ming AQSh dollari talab qiladi. Ammo, u soʻralgan pul mablagʻini Nukus shahrida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, mazkur shaxs muqaddam 4 nafar fuqaroni DXX idoralariga ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, firibgarlik yoʻli bilan ulardan jami 65 ming AQSh dollari olganligi ham aniqlandi.

Taʼkidlash lozimki, K.J. muqaddam Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan 5 marotaba sudlangan. Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+