Bahor goʻzallari (foto)
Platina.uz Toshkent shahri boʻylab ochilgan gullar fotogalereyasini havola qiladi.
Jamiyat
9-aprel 2024 yil
1500-yillarga qadar Yevropada yilning boshini aprel oyidan hisoblashgan. Daraxtlarning yangidan kurtak ochishi, gullashi, yana qayta oʻt-oʻlanlar oʻsishni boshlashi aynan aprel oyiga toʻgʻri kelgani uchun bu yangilanishni "yangi yil" hisobida nishonlashgan.
Aslida ham aprel oyidan maftunkorroq boshqa oy boʻlmasa kerak. Quyida Platina.uz kameralarida Toshkent shahri boʻylab ochilgan gullar fotogalereyasini havola qilamiz.