platina.uz
Jamiyat

Toshkent ShIIBB aholini yana bir bor etnik kamsitdi

Bundan bir necha yil oldin ham qidiruvdagi shaxsni "viloyatlikka oʻxshab kiyingan" deya taʼriflagandi.

Toshkent ShIIBB aholini yana bir bor etnik kamsitdi

Toshkent shahar IIBB soʻnggi uch oyda poytaxtda fohishalik bilan shugʻullangan 1068 nafar shaxsni ushlagan, ularning 92,8 foizi (992 nafar) "viloyatlardan kelib, bu turdagi huquqbuzarlikni sodir etgan"i aytilgan.

Jurnalist Abror Zohidov bu holatga eʼtibor qaratib, "biror ayol halqa yoʻlidan uyoqda yashab, tunda shahar ichida hangoma koʻrsatsa, rasman mahalliychilik qilish mumkin boʻladimi?", deya hayron qolgan.

Jurnalist agar bu usul davom ettirilsa, poraxoʻrlik qilayotgan amaldorlarni ham viloyatma-viloyat etnik ajratish kerakligini bildirgan.

"Endi Toshkan IIBBsiga bir maslahat – shu yoʻnalishni mahkam ushlanglar. Misol uchun: “Soʻnggi bir yilda katta miqdorda poraxoʻrlik bilan shugʻullanib kelgan oʻnta vazir ushlandi. Ularning toʻqqiztasi viloyatlik ekanligi afsuslanarli. Ayniqsa, uzoq Xorazmdan kelib poraxoʻrlik qilayotgan ministrlar borligiga qandoq chidash mumkin?!” degan jarangdor xabarlar kutamiz", deb yozgan Zohidov.

Toshkent shahar IIBB bunday etnik kamsitishga birinchi marta qoʻl urayotgani yoʻq. Bir necha yil avval ham qidiruvdagi fuqaroni "viloyatliklarga oʻxshab kiyingan" deb taʼriflagandi. Bu koʻplab eʼtirozlarga sabab boʻlgan va keyinchalik oʻchirib yuborilgan edi.

Hozircha poytaxt IIBB ushbu holatga izoh berganicha yoʻq.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid