Toshkent shahri va viloyati boʻylab harbiy texnikalar harakatlanadi

Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlari ishtirokida maxsus-taktik oʻquvlar boshlandi.

Siyosat
6-aprel, 11:41
Toshkent shahri va viloyati boʻylab harbiy texnikalar harakatlanadi

Mudofaa vazirligi Toshkent viloyati va poytaxt aholisini ogohlantirdi. Vazirlik xabariga koʻra, bugun, 6 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq, Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlari boʻlinmalari ishtirokida maxsus-taktik oʻquvlar boshlandi.

Boʻlinmalarning jangovar shayligini yanada oshirish, oʻzaro uygʻunlik harakatlarini muvofiqlashtirish hamda professional darajada harakatlanish koʻnikmalari va tayyorgarligini har tomonlama baholash maqsadida tashkil etilgan taktik oʻquvlarda harbiy okrug qoʻshinlari boʻlinmalarining  zirhli texnikalari, harbiy yengil zirhli va yuk avtomobillarining Toshkent viloyati va Toshkent shahrining belgilangan marshrutlari boʻyicha harakatlanishi rejalashtirilgan.

Harbiy texnikalar harakati vaqtida haydovchilarga yoʻl-harakati qoidalari va harakat xavfsizligiga qatʼiy rioya qilish tavsiya qilinadi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+