platina.uz

Sirdaryo hokimi uy-muzey va xizmat avtomobillarini taʼmirlash uchun pul ajratdi

Akmaljon Mahmudaliyev 4 aprel kunining oʻzida mablagʻ ajratish boʻyicha ikkita farmoyishni imzoladi. 

Iqtisod
5-aprel, 11:10
Sirdaryo hokimi uy-muzey va xizmat avtomobillarini taʼmirlash uchun pul ajratdi

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev 4 aprel kunining oʻzida mablagʻ ajratish boʻyicha ikkita farmoyishni imzoladi.

Birinchi farmoyish bilan Mirzaobod tumanida joylashgan shoir Toʻra Sulaymon uy-muzeyi binosini rekonstruksiya qilish, qoʻshimcha binolar qurish va atrofini obodonlashtirish, shoir haykalining postamentini barpo etish bilan bogʻliq xarajatlar uchun 2 mlrd soʻm ajratiladi. Mablagʻ viloyat byudjetining erkin qoldiqlari hisobidan "Yagona buyurtmachi xizmati" DUKka beriladi.

Ikkinchi farmoyish bilan viloyat hokimligi balansida boʻlgan LAND CRUSER PRADO avtomobilini zarur jihozlar bilan taʼminlash xarajatlariga viloyat byudjeti zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 19 mln. soʻm beriladi. Viloyat hokimligi Ishlar boshqarmasi ajratilgan mablagʻdan samarali foydalanishni taʼminlashi kerak boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, avval Akmaljon Mahmudaliyev agentlik binosi uchun 2 mlrd. soʻm ajratgandi. Taʼkidlash kerakki, oʻtgan fevral va mart oyida Sirdaryo hokimi radarlar toʻlovi uchun 1 milliard soʻm, qarzlar toʻlovi uchun avval 3,5 mlrd, soʻngra 3,8 mlrd. soʻm pul ajratgandi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+