Vestminster universitetiga yangi rektor tayinlandi
U 2020 yilga qadar ham mazkur lavozimda faoliyat yuritgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga aosan, Komiljon Xamidovich Karimov Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining rektori etib tayinlandi. Bu haqda Bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi.
Shu munosabat bilan Bahrom Ravshanovich Mirkasimov ushbu lavozimdan ozod qilindi.
Komiljon Karimov bunga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari sifatida ishlab kelayotgandi. U 2020 yilga qadar ham Vestminter universitetiga rahbarlik qilgan. 2020 yilda ushbu lavozimda olinib Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori etib tayinlangandi.