platina.uz
Jamiyat

IIV aholini terrorchilikka chaqiriqlar boʻyicha ogohlantirdi

Eng xavfli jihati shuki, ushbu shaxslarning xabarlari koʻp hollarda bolalarga yuborilmoqda.

IIV aholini terrorchilikka chaqiriqlar boʻyicha ogohlantirdi

Ichki ishlar vazirligi terrorchilik xurujlari boʻyicha tarqalgan chaqiriqlar haqida ogohlantirish bilan chiqdi.

"Oxirgi vaqtlarda respublikamiz hamda qoʻshni davlatlar fuqarolariga internet ijtimoiy tarmoqlari orqali pul mukofoti evaziga savdo va koʻngilochar markazlar, maktablar va boshqa jamoat joylarini minalashtirish taklif qilingan xabarlar kelib tushmoqda" deyiladi xabarda.

Eng xavfli jihati shuki, yovuz niyatli shaxslarning xabarlari koʻp hollarda bolalarga yuborilmoqda. Shuningdek bolalarning shaxsiy maʼlumotlari orqali ularni qoʻrqitish holatlari kuzatilmoqda.

"Agarda Sizga bu kabi xabarlar kelib tushsa vahimaga tushmang va ularni ochiq chatlar, tanishlaringiz va doʻstlaringizga yubormay, darhol" 102" raqamiga qoʻngʻiroq qilib, ichki ishlar organlariga xabar bering. Xabar yuboruvchilarni bloklang va ular bilan yozishma va suhbatga kirishmang", deya taʼkidlanadi vazirlik xabarida.

Eslatib oʻtamiz, 22 mart kuni Moskva viloyatida konsert zalida sodir boʻlgan teraktda 144 kishi halok boʻldi. Ushbu hodisadan keyin Toshkentdagi jamoat joylarida xavfsizlik choralari kuchaytirildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid