Sirdaryo viloyati hokimiga oʻrinbosar tayinlandi

Akmal Mirzayev avval suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari lavozimida ham ishlagan.

Jamiyat
30-aprel, 19:26
Sirdaryo viloyati hokimiga oʻrinbosar tayinlandi

Sirdaryo viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi. 

Bugungi kunga qadar Sardoba tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Mirzayev Akmal Arziyevich viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi. 

Eslatib oʻtamiz, Akmal Mirzayev avval suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari lavozimida ham ishlagan. 2022 yil oktabrida u Sardoba tumaniga rahbar boʻlgandi. Avval u Suv xoʻjaligi vazirligi va Prezident apparatida masʼul lavozimlarda ishlab kelgan. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+