Tayvanda 7,7 ballik zilzila: toʻrt kishi qurbon boʻlgan

Bunday koʻlamdagi zilzila hududda 1999 yilda kuzatilgandi. U 5 mingdan ortiq binolarni vayron qilgan va 2400 kishining oʻlimiga sabab boʻlgandi. 

Jahon
3-aprel, 9:18
Tayvanda 7,7 ballik zilzila: toʻrt kishi qurbon boʻlgan

Tayvandagi juda kuchli zilzila oqibatida toʻrt kishi halok boʻldi, 97 kishi jarohatlandi, deb yozadi China Times.

Zilzilaning maksimal magnitudasi, turli hisob-kitoblarga koʻra, 7,2 dan 7,7 gacha boʻlgan. Bu hududda 1999 yildan beri eng kuchli yer silkinishidir. 

Zilzila epitsentri, AQSh Geologiya xizmati maʼlumotlariga koʻra, Tayvanning Xualyan shahridan 18 km janubda joylashgan. 

Zilziladan koʻp oʻtmay Yaponiya va Filippinda sunami haqida ogohlantirishlar eʼlon qilindi. Keyinchalik Yaponiya meteorologiya agentligi ogohlantirish darajasini pasaytirdi, ammo shunga qaramay, shunga oʻxshash magnitudali zilzilalar bir haftagacha davom etishi mumkinligini va jamoatchilik hushyor boʻlishi kerakligini taʼkidladi.

Tinch okeanidagi sunamidan ogohlantirish markazi zilziladan ikki soat oʻtib, xavf oʻtganini eʼlon qildi.

Xitoy davlat matbuoti zilzila mamlakat janubi-sharqidagi materik Futszyan provinsiyasida ham sezilganini xabar qildi.

"Zilzila quruqlikka yaqin joyda, sayoz chuqurlikda boshlandi. Bu butun Tayvan va qoʻshni orollarda sezildi. Bu soʻnggi 25 yildagi eng kuchlisi", — dedi Taypey seysmologiya markazi rahbari Vu Chiyen Fu.

Tayvanning yirik yarimoʻtkazgichlar ishlab chiqaruvchisi TSMC oʻzining Xsinchu va orol janubidagi bir nechta zavodlaridan xodimlarni evakuatsiya qilganini aytdi, ammo kompaniyaga koʻra, xavfsizlik tizimlari normal ishlamoqda. TSMC Apple va Nviada kabi kompaniyalar uchun chiplar ishlab chiqaradi.

Orolning ichki qismida relef juda togʻli. Ijtimoiy tarmoqlardagi kadrlarga qaraganda, zilzila u yerda katta koʻchkilarga sabab boʻlgan. Biroq, oqibatlarning koʻlami hali maʼlum emas.

1999 yil sentabr oyida Tayvanda 7,6 magnitudali zilzila sodir boʻldi. U 5 mingdan ortiq binolarni vayron qildi va 2400 kishining oʻlimiga sabab boʻlgandi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+