platina.uz
Iqtisod

Sirdaryo hokimi agentlik binosi uchun byudjetdan ikki milliard soʻm ajratdi

Mablagʻning nimalarga sarflangani boʻyicha maʼlumotlar hokimlik veb-saytida eʼlon qilinadi.

Sirdaryo hokimi agentlik binosi uchun byudjetdan ikki milliard soʻm ajratdi

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev Bilim va malakalarni baholash agentligining viloyatda qurilgan yangi binosi uchun 2 mlrd. soʻm ajratdi.

Hokim farmoyishi, bugun, 3 aprel kuni eʼlon qilindi.

Mablagʻ binoning tashqi kommunikatsiya tarmoqlari, ota-onalar kutish zali, hojatxona, obodonlashtirish ishlari va boshqa xarajatlar uchun sarflanadi. Pul mahalliy byudjetning erkin qoldiq mablagʻlaridan "Yagona buyurtmachi xizmati" DUKka beriladi.

Mablagʻning nimalarga sarflangani boʻyicha maʼlumotlar hokimlik veb-saytida eʼlon qilinadi.

Taʼkidlash kerakki, oʻtgan fevral va mart oyida Sirdaryo hokimi radarlar toʻlovi uchun 1 milliard soʻm, qarzlar toʻlovi uchun avval 3,5 mlrd, soʻngra 3,8 mlrd. soʻm pul ajratgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid