platina.uz
Jamiyat

Hududlarda “Turon” maktab teatrining saralash bosqichlari davom etyapti

Oʻzbekistonda ilk marotaba maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Turon” maktab teatri respublika tanlovi boʻlib oʻtmoqda.

Hududlarda “Turon” maktab teatrining saralash bosqichlari davom etyapti

Tanlovning maqsadi – umumiy oʻrta taʼlim maktablaridagi teatr studiyalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash orqali hududlarda teatr madaniyati va sanʼatini rivojlantirish, oʻquvchilarda notiqlik sanʼati va sahna madaniyatini shakllantirishdan iborat.

Tanlov 7-10-sinf oʻquvchilari oʻrtasida 3 ta shart (“Bizning maktab” tanishtiruv sharti; “Madaniyat va sanʼat bilimdoni”; “Teatr – ibratxona” sahna spektakli sharti) va 3 ta bosqich ( tuman (shahar); hududiy bosqichi; respublika bosqichi) da oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Kichik sahnalar katta sahnalarga yoʻl ochadi. "Turon" maktab teatri tanlovi esa havaskor aktyorlarni bir jamoa boʻlib gʻoliblik uchun kurashishga undamoqda.

Hududiy bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan jamoalar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi. Respublika bosqichida esa birinchilikni egallagan jamoa xorijiy davlatga taʼlim sayohati yoʻllanmasi bilan taqdirlanadi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid