Taniqli adiblar Namanganda maʼrifat ulashmoqda

Bunday adabiy loyihalar butun respublika boʻylab oʻtkazilishi belgilangan.

Madaniyat
24-aprel, 17:44
Taniqli adiblar Namanganda maʼrifat ulashmoqda

23-24 aprel kunlari "Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida taniqli adiblar Nabi Jaloliddin, Nurboy Jabborov va Axtamquli Karimov namanganlik yoshlar bilan uchrashdi.

Ular dastavval Namangan davlat universitetida, soʻng turli taʼlim maskanlarida adabiy gurunglarda ishtirok etishdi. Talabalar yangi ijod namunalarini namoyish etishgan boʻlsa, gulxan atrofidagi suhbatlar, shaxmat musobaqalari uchrashuvga yangicha shukuh berdi.

"Namanganlik yoshlarning koʻzlaridagi olov, adabiyotga oshnolikni koʻrib, biz yoshligimizga qaytgandek boʻldik", deb yozdi yozuvchi va shoir Nabi Jaloliddin.

Bunday adabiy loyihalar butun respublika boʻylab oʻtkazilishi belgilangan.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+