Hokimliklar yoppasiga elektromobillar sotib olmoqda
Ayni paytda Qashqadaryo va Jizzax viloyati hokimliklari BYD gibrid mashinalaridan bir yoʻla bir nechtasini sotib olganlar.
Qashqadaryo va Jizzax viloyati hokimliklari bir nechta gibrid mashinalarni sotib olish uchun byudjetdan pul ajratishgan. Bu haqda hokimiyatlarning matbuot xizmatlari xabar bermoqda.
Qashqadaryo viloyati hokimi matbuot kotibining tushuntirishicha, viloyat hokimligi xarid qilgan gibrid mashinalar prezidentning 2022 yil 19 dekabrdagi (PQ-443) qarori asosida xarib qilingan.
Jizzax viloyati hokimligi ham aynan shu qaror boʻyicha byudjet pullariga 3 dona BYD elektrokarini sotib olganini bildirdi.
Har ikkala hokimiyat ham bu mashinalar "Mehr daftari" jamgʻarmasi pullariga sotib olingani haqidagi xabarlarga shu tariqa munosabat bildirishdi.
Ularning taʼkidlashicha, serverda texnik xatolik yuz bergan va buning sabablari oʻrganilmoqda.