Bosh prokuror oʻrinbosari lavozimdan olinmagan
Avvalroq turli OAV Shamsiddin Sohibnazarov ishdan olingani haqida xabarlar tarqatgan edi.
Jamiyat
22-aprel 2024 yil

Bosh prokuror oʻrinbosari – Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi Shamsiddin Sohibnazarov lavozimidan olinmagan. Avvaloroq uning ishdan ketgani haqida turli xabarlar tarqalgan edi.
Departament boshligʻi matbuot kotibi Nurbek Halimovning Platina.uz saytiga maʼlum qilishicha, Sohibnazarov ish faoliyatini davom ettirmoqda.
Bosh prokuror oʻrinbosarining ishdan olinishi rostligi haqidagi bir necha martalik soʻrovlarimiz bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov tomonidan javobsiz qoldirildi.