Toshkentda xalqaro marafonga start berildi

Mazkur tadbirda bir necha tashkilotlar, xususan Gross sugʻurta kompaniyasining "Xavfsiz Harakat" ijtimoiy loyihasi jamoasi ham qimmatbaho sovgʻalari bilan ishtirok etishdi.  

Sport
20-aprel, 17:38
Toshkentda xalqaro marafonga start berildi

Bugun Oʻzbekiston Yengil atletika federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan  VI Toshkent xalqaro marafoniga start berildi.

Unda 3 toifadagi: 1-toifa — 2012 yilda tugʻilgan va undan kichik yoshdagi bolalar uchun Kids Run  yugurish musobaqasi, 2-toifa shimolcha yurish yoxud tayoqlar bilan skandinavcha yurish ixlosmandlari va 3-toifa imkoniyati cheklangan sportchilar ishtirok etilshdi.

Mazkur tadbirni qoʻllab-quvvatlagan holda bir necha tashkilotlar, xususan koʻpchilikka tanish boʻlib ulgurgan Gross sugʻurta kompaniyasining "Xavfsiz Harakat" ijtimoiy loyihasi jamoasi ham 250 dan ortiq qimmatbaho sovgʻalari bilan ishtirok etishdi.  

Veronika Komarova, "Xavfsiz Harakat" loyihasi vakili: "Xavfsiz Harakat" loyihasi Toshkent marafonini, toʻgʻrirogʻi uning bir qismini qoʻllab-quvvatlaydi. Unda shaharning eng zaif aholisi – bolalar, nogironlar va shimolcha yurish sport turlari bilan shugʻullanuvchi havaskor sportchilar ishtirok etdi. Marafonda 252 kishi ishtirok etmoqda. Ularning koʻpchiligi keksa odamlardir. Biz barcha ishtirokchilarga yoʻlda odamlar koʻrinadigan va haydovchilar ularga eʼtiborli boʻlishi uchun maxsus sumkalar beramiz. Musobaqa gʻoliblariga esa  Gross sugʻurta kompaniyasining baxtsiz hodisalardan sugʻurta va sportchilar uchun bir yil muddatga sugʻurta vaucherlarini taqdim etdik.

Eslatib oʻtamiz, "Xavfsiz Harakat" loyihasi Gross sugʻurta kompaniyasining Toshkent shahri IIBB bilan hamkorlikda tashkil etilgan loyihasi hisoblanadi. Uning vazifasi xavfsiz yoʻl harakatini targʻib qilishdan iborat.

Shuningdek, marafon doirasida ARASHAN kompaniyasining asoschisi va bosh boshqaruvchisi, shuningdek havaskor sportchi Shavkat Musinov "Xavfsiz Harakat" ijtimoiy loyihasining targʻibot elchisi deb eʼlon qilindi. U loyihaning targʻibot elchisi sifatida Oʻzbekiston aholisi uchun xavfsiz va qulay sharoitni hamda barchaga — havaskorlar, bolalar, nogironligi boʻlgan odamlar uchun sport bilan shugʻullanish imkoniyatini yaratish tarafdori. Qolaversa, havaskor sportchining oʻzi ham bugungi marafonning shimolcha yurish sporti ixlosmandlari bilan kuch sinashdi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+