Ilon Mask kambagʻallashmoqda: u Sukerbergdan ham ortda qoldi

Maskning boyligi bir kunda 4 milliard dollarga kamayib, 170 milliard dollarga tushdi. 

Jahon
20-aprel, 12:35
Ilon Mask kambagʻallashmoqda: u Sukerbergdan ham ortda qoldi

Meta kompaniyasi asoschisi Mark Sukerberg sayyoramizning eng boy odamlari roʻyxatida uchinchi oʻrinni egalladi va  SpaceX va Tesla bosh direktori Ilon Maskdan oʻzib ketdi. Bu haqda Bloomberg Milliarderlar indeksi (BBI) maʼlumot bermoqda.

Oxirgi 24 soat ichida Mark Sukerbergning boyligi 2,6 milliard dollarga oshib, 178 milliard dollarni tashkil etdi 18 apreldagi savdolar yakunlariga koʻra, Meta aksiyalarining auksiondagi qiymati yangi sunʼiy intellekt modeli Llama 3 va  Meta chatbotining yangilangan versiyasi taqdimoti fonida1,5 foizga oshdi. 

Shu bilan birga, Ilon Maskning boyligi bir kunda 4 milliard dollarga kamayib, 170 milliard dollarga tushib, BBI reytingida toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Bir kun avval Tesla aksiyalari savdolarda 3,6 foizga arzonlashdi.

Roʻyxatda birinchi oʻrinni Fransiyaning LVMH kompaniyasi egasi Bernar Arno egallab turibdi, uning boyligi 218 milliard dollarni tashkil etadi, ikkinchi oʻrinda Amazon asoschisi Jeff Bezos, uning boyligi 201 milliard dollarga baholangan.

Ilon Mask 2022-2023 yillarda koʻp vaqt davomida jahon boylari roʻyxatini boshqarib kelgandi. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+