platina.uz
Jamiyat

Chirchiq va Angrenda ikki ishchi baxtsiz hodisa qurboniga aylandi

Chirchiqda ishchi shiftga gipsakarton oʻrnatish uchun montaj qilish jarayonida balandlikdan yiqilib vafot etgan.

Chirchiq va Angrenda ikki ishchi baxtsiz hodisa qurboniga aylandi

Toshkent viloyatining Chirchiq va Angren shaharlarida ikki ishchi faoliyati vaqtida baxtsiz hodisa qurboniga aylanib vafot etdi. Bu haqda viloyat Kambagʻalallik va bandlik boshqarmasi eʼlon qilgan buyruqda maʼlum qilingan.

Birinchi buyruqqa koʻra, Chirchiq davlat pedagogika universiteti 4-sonli oʻquv binosini mukammal taʼmirlash ishlarida ishlagan 01.05.1984 yilda tugʻilgan fuqaro Q.Sh. shiftga gipsakarton oʻrnatish uchun profil montaj qilish jarayonida balandlikdan yiqilishi natijasida vafot etgan.

Angrendagi korxonaning kesish boʻlimida operator lavozimida ishlagan 01.06.1994 yilda tugʻilgan ishchi M.A. esa gazabloklarni tozalash uskunasi oldida chiqindilarni tozalayotgan vaqtida paddon va kran koʻtaruvchi uskuna orasiga qisilib qolishi natijasida ogʻir tan jarohati olib vafot etgan.

Boshqarma eʼlon qilgan hujjatlarga koʻra, hodisalar yuzasidan komissiya tuzilib, tekshirish ishlari olib borilmoqda. Aniqlangan maʼlumotlar tegishli tashkilotlarga taqdim etiladi.

Taʼkidlash kerakki, mart oyida ham viloyatda ikki ishchi qurbon boʻlgani maʼlum qilingandi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid