Tataristonga ilk bor Ukraina dronlari hujum qildi

Oʻtgan yili AQSh nashrlari Rossiya Eron bilan hamkorlikda Tataristonda dron zavodi qurishni reja qilgani haqida yozgandi. 

Jahon
2-aprel, 12:16
Tataristonga ilk bor Ukraina dronlari hujum qildi

Dronlar Tatariston respublikasidagi Yelabuga va Nijnekamskdagi korxonalarga hujum qildi, bir necha kishi jarohatlandi, biroq jiddiy zarar yoʻq, deb yozadi "TASS" respublika rahbari matbuot xizmatiga tayanib.

Texnologik jarayon buzilmagan, deb yozadi "RIA Novosti" rasmiylar bayonotiga asoslanib.

Bu urush boshlangandan buyon ukrain dronlarining Tatariston hududiga ilk hujumi sanaladi.  Ukraina chegarasidan Tataristongach qariyb 1,2 ming kilometrni tashkil etadi. 

Mart oyida Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga, shuningdek, boshqa sanoat obʼektlariga uchuvchisiz samolyotlar bilan hujumlar sonini oshirgan. 

Oʻtgan yili Washington Post gazetasi Rossiya Yelabugadagi zavodda Eron modelidagi dronlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻymoqchiligi haqida xabar bergan edi.

2023 yilning fevralida Wall Street Journal gazetasi AQSh ittifoqchilaridan birining nomi oshkor etilmagan rasmiylariga tayanib, Moskva va Tehron Rossiyada Ukrainadagi urush uchun kamida 6 mingta uchuvchisiz uchoqlarni ishlab chiqaradigan yangi zavod qurish rejalarini ishlab chiqayotgani haqida xabar berdi. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+