Samarqand viloyati hokimiga oʻrinbosar tayinlandi
U avval Yoshlar agentligining viloyat boshqarmasiga rahbarlik qilgan.
Jamiyat
2-aprel 2024 yil
Samarqand viloyati hokimining qarori bilan Toʻxtayev Xusen Mirzayevich hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari vazifasiga tayinlandi.
Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xusen Toʻxtayev mazkur tayinlovga qadar Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan. U bundan tashqari avval Yoshlar ittifoqining viloyat boshqarmasi rahbari, Samarqand davlat universitetida yetakchi mutaxassis lavozimlarida ham ishlagan.