Kitob tumaniga hokim tayinlandi
Avval bu vazifada 2022 yildan buyon Oʻktam Pardayev ishlab kelayotgandi.

Qashqadaryo viloyati Kitob tumaniga yangi hokim tayinlandi.
Bugun xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda tashkiliy masala koʻrib chiqildi.
Sessiyada deputatlar Gʻafurov Rustam Abdirasulovichni Kitob tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.
Rustam Gʻafurov 1984 yilda tugʻilgan. Toshkent irrigatsiya va millioratsiya instituti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Oʻzbekiston Respublikasi bank akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Tayinlovga qadar u Qashqadaryo viloyati kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Kitob tumaniga 2022 yil yozidan buyon Oʻktam Pardayev rahbarlik qilib kelayotgandi. Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatiga koʻra, u oʻz istagiga koʻra, hokimlik ketish haqida ariza yozgan.