Isroil Eronga zarbalar berdi
AQSh nashrlarining xabar berishicha, Qoʻshma Shtatlar mazkur hujumlarni qoʻllab-quvvatlamagan.
![Isroil Eronga zarbalar berdi](https://cp.platina.uz/media/CACHE/images/b9cace36c2041bfbfb4d1f9607372ded.92b2f33d3ce0.webp)
Isroil Eron hududiga hujum qildi, deya xabar bermoqda ABC, CBS, CNN va Fox News nashrlari AQSh rasmiylaridagi manbaga asoslanib.
ABC va CBS telekanallari hujum raketalar yordamida amalga oshirilganiga aniqlik kiritishadi; CNNga koʻra, nishonlar yadroviy inshootlarga taalluqli emas; 4-kanal suhbatdoshi Isroil armiyasining harakatlarini "cheklangan" deb atadi.
Isroil AQShni Eronga 24-48 soat ichida zarba berish rejalari haqida oldindan ogohlantirgan, deb xabar berdi Bloomberg manbasi. AQSh tomoni hujumni qoʻllab-quvvatlamagan.
Eronning Isfahon viloyatining Qaxjavariston shahrida portlash ovozi eshitildi, deb xabar qildi manbalar Eronning Fars axborot agentligiga. Xabar telekanali ham hududda portlash sodir boʻlganini xabar qildi. Qaxjavariston shahri Isfaxon aeroporti va 8-armiya havo kuchlari bazasi yaqinida joylashgan.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari Eronning bir qancha hududlarida, jumladan, Tabrizda ham ishga tushdi. Tehron, Isfaxon, Sheroz va mamlakat gʻarbiy qismidagi boshqa aeroportlarda havo qatnovi toʻxtatildi. Tehrondagi Humayniy aeroporti maʼmuriyati odamlardan binoni tark etishni soʻragan va u yerdagi barcha reyslar bekor qilingan. Eron osmonida kamida sakkizta layner burildi.
Al-Maydeyan xabariga koʻra, Iroq janubida portlash ovozi eshitilgan. Portlash ovozi Suriya gʻarbidagi Suvayda shahridagi Al-Tala aeroporti yaqinida ham eshitildi, deb xabar beradi IRNA.
Eslatib oʻtamiz, avval Eron Isroil tomon 300 dan oshiq raketa va dronlar uchirgandi. Isroil ularning 99 foizi urib tushirilganini maʼlum qilgan. Eron 1 aprel Damashqdagi konsullikka qilingan hujumga javob berganini maʼlum qilgan.