AQSh Falastinni BMTga qabul qilish boʻyicha rezolyutsiyani oʻtkazmadi
Rossiya tomoni AQSh qoʻygan vetodan norozilik bildirib, mamlakatni Isroil manfaatlarini himoya qilishda aybladi.
2024 yil 18 aprel kuni BMT Xavfsizlik Kengashi Jazoir tomonidan tayyorlangan Falastinni BMTga toʻliq aʼzolikka chaqiruvchi rezolyutsiya loyihasini ovozga qoʻyildi.
Ovoz berish jarayonida Qoʻshma Shtatlar loyihaga veto qoʻydi. 12 davlat esa yoqlab ovoz berdi. Buyuk Britaniya va Shveysariya betaraf qoldi.
AQShning BMTdagi doimiy vakili oʻrinbosari Robert Vudning aytishicha, Xavfsizlik Kengashi aʼzolari oʻz harakatlari xalqaro tinchlik va xavfsizlik ishiga hissa qoʻshishi hamda BMT Nizomi talablariga rioya etilishini taʼminlash uchun alohida masʼuliyat yuklaydi. Uning soʻzlariga koʻra, yangi aʼzolarni qabul qilish boʻyicha qoʻmita hisoboti Xavfsizlik kengashi aʼzolari oʻrtasida nomzodning BMT Nizomining VI moddasiga muvofiq aʼzolik mezonlariga mos kelishi-toʻgʻri kelmasligi borasida kelishuv mavjud emasligini koʻrsatadi.
«Biz uzoq vaqtdan beri Falastin maʼmuriyatini davlatchilikka tayyorlik belgilarini oʻrnatishga yordam berish uchun zarur islohotlarni amalga oshirishga chaqirib kelganmiz va ayni damda HAMAS terror tashkiloti ushbu rezolyutsiyada koʻrsatilgan davlatning ajralmas qismi boʻlgan Gʻazoni nazorat qilayotganini taʼkidlaymiz" - dedi amerikalik diplomat.
Aynan shu sabablarga koʻra Qoʻshma Shtatlar "yoʻq" deb ovoz berdi, deb tushuntirdi u.
Rossiya elchisi Vasiliy Nebenzyaning aytishicha, AQSh Gʻazoda harbiy harakatlar boshlanganidan beri beshinchi marta Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasiga veto qoʻygan. Uning soʻzlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar "falastinliklar haqida haqiqatda qanday fikrda ekanligini yana bir bor namoyish etdi".
"Vashington nazarida ular oʻz davlatiga ega boʻlishga loyiq emas", - deydi u.
"Ular faqat Isroil manfaatlarini roʻyobga chiqarish uchun toʻsiqdir". Rossiyalik diplomatning soʻzlariga koʻra, hozirda jahon hamjamiyatining mutlaq koʻpchiligi Falastinning BMTning toʻlaqonli aʼzosi maqomini olish haqidagi arizasini qoʻllab-quvvatlamoqda. "AQSh delegatsiyasining bugun vetodan foydalanishi tarixning muqarrar qarorni toʻxtatishga qaratilgan umidsiz urinishdir", dedi Nebenzya.
"Vashington deyarli butunlay yakkalanib qolgan ovoz berish natijalari buni tasdiqlaydi".