II jahon urushi qatnashchilariga 20 mln. soʻmdan pul beriladi
Prezident 2024 yil 16 aprel kuni "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida"gi PF-65-sonli farmonni imzoladi.
Jamiyat
18-aprel 2024 yil
9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 20 mln. soʻmdan bir martalik pul mukofoti beriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2024 yil 16 aprelda "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida"gi PF-65-sonli farmonni imzoladi.
Bunda barcha xarajatlar respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili urush qatnashchilariga 18 mln. soʻmdan bir martalik pul mukofoti berilgan edi.