Oʻzbekistonda piyoz narxi rekord darajada arzonlashdi

Tahlillarga koʻra, yilning bu mavsumida piyoz narxining "qulashi" avval kuzatilmagan. 

Iqtisod
17-aprel, 10:00
Oʻzbekistonda piyoz narxi rekord darajada arzonlashdi

East-Fruit kompaniyasi tomonidan Oʻzbekistonda piyozning ulgurji narxlarining monitoringi shuni koʻrsatdiki, oʻtgan haftada ushbu mahsulotning ulgurji narxi bir kilogramm uchun 1500 soʻmgacha tushib ketdi, bu 12 sent AQSh dollariga teng.

Yaʼni, hozir Oʻzbekistonda 830 kilogrammdan ortiq piyozni 100 AQSh dollariga ulgurji xarid qilish mumkin. Oʻzbekiston tarixida yilning shu davrida piyozning bunday arzon narxlari boʻlmagan. Bir yil avval piyoz narxi hozirgidan 4,4 barobar qimmatroq edi. Yilning ushbu davri uchun odatiy narx taxminan ikki baravar yuqori va 24-26 AQSh sentini tashkil qiladi. Biroq, muammo narxlar  grafigida koʻrsatilganidan ancha jiddiyroq. Gap shundaki, monitoringda koʻrsatayotgan narxlar kichik ulgurji savdolar narxidir. Agar bahorda qayta sotish uchun kuzda piyoz sotib olgan fermer yoki savdogar darajasida narx haqida gapiradigan boʻlsak, unda bunday piyozning haqiqiy narxi hozirda nolga teng boʻladi va barcha mahsulotlarni sotish mumkin boʻlmaydi.

Nashr hisob-kitoblariga koʻra, birgina Oʻzbekistonning oʻzida kamida 150-200 ming tonna piyozni Qozogʻiston fermerlari avvalroq qila boshlaganidek, poligonga joʻnatish yoki chorva ozuqasi sifatida berish kerak boʻladi. Shuning uchun, agar bu hafta piyoz narxi yana sezilarli darajada pasaysa, hayron boʻlmaslik kerak, deyiladi xabarda.

Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) sarmoya boʻlimi iqtisodchisi Andrey Yarmakning tushuntirishicha, bunday narxlarning qulashi agrobiznesning ayrim segmentlarida odatiy holdir. Piyoz esa ulardan biri. “Piyozga talab elastik emas. Boshqacha aytganda, piyoz narxi yuqori yoki past boʻlishidan qatʼi nazar, unga boʻlgan talab sezilarli darajada oʻzgarmaydi. Agar narxlar yuqori boʻlsa, unda piyozni almashtirish uchun hech narsa yoʻq va ular ushbu mahsulotni sotib olishga majbur", - deb tushuntiradi Andrey Yarmak.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+