Oʻzbekiston muhim turnirni gʻalaba bilan boshladi
Qatarda yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionatiga start berildi.
Sport
17-aprel 2024 yil

Qatarda boʻlib oʻtayotgan futbol boʻyicha U23 Osiyo chempionati guruh bosqichi doirasida Oʻzbekiston va Malayziya termalari kuch sinashdi.
D guruhidan oʻrin olgan uchrashuvda oʻzbekistonliklar 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. 10-daqiqada Jasur Jaloliddinov penaltidan gol kiritdi. 86-daqiqada esa Ulugʻbek Hoshimov farqni ikkitaga oshirdi.
Endi oʻzbekistonliklar Quvaytga qarshi maydonga tushadilar.
Eslatib oʻtamiz, ushbu chempionatda yuqori natija koʻrsatgan jamoalar olimpiada oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritadilar.