NATO mutaxassislari Oʻzbekistonga keldi
NATO mutaxassislari Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarining Kichik mutaxassislar tayyorlash markaziga tashrif buyurgan.

NATO mutaxassislari Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarining Kichik mutaxassislar tayyorlash markaziga tashrif buyurdi. Bu haqda Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Delegatsiya aʼzolariga markazning oʻquv-moddiy resurslari, oʻquv binolaridagi sharoitlar taqdim etildi.
Soʻngra Madaniy-maʼrifiy markazda mehmonlar bilan kirish suhbati va brifing boʻlib oʻtdi.
Brifing davomida markaz xodimlari va kursantlariga NATO harbiy hamkorligi haqida maʼlumotlar berildi.
Shundan soʻng markazda tahsil olayotgan kursantlarga NATOga aʼzo davlatlarda serjantlarni tayyorlash va malakasini oshirishga oid qator mavzularda mashgʻulotlar oʻtkazildi va shu mavzuda fikr almashildi, deyiladi xabarda.
Qoʻshma oʻquv-uslubiy mashgʻulotlar 20 aprelga qadar davom etadi.