"Davr Bank" mansabdori tadbirkor bilan til biriktirgani fosh boʻldi

Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Uchtepa tuman sudida bankka bogʻliq jinoiy ish koʻrib chiqildi. 

Iqtisod
17-aprel, 15:36
"Davr Bank" mansabdori tadbirkor bilan til biriktirgani fosh boʻldi

Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Uchtepa tuman sudida firibgarlikda ayblanib sudlangan MChJ direktoriga (u “Davr Bank” Uchtepa filialining kredit monitoringi boʻyicha katta menejeri lavozimida ishlab kelgan shaxs til biriktirgan)ga sud hukmi chiqarildi. Hukm Platina.uz tahririyatida mavjud. 

Sud hujjatida maʼlum boʻlishicha, tadbirkor bir MChJni norasmiy ravishda toʻliq oʻzi boshqarib kelib, XATB “Davr Bank” Uchtepa filialida ishlab kelgan R.XXXX bilan garovga qoʻyilgan mulkni taqiqdan yechish borasida oʻzaro til biriktirgan. Ular 60 oy muddatga ajratilgan 3.309.334.000 soʻmga teng boʻlgan 350.000 AQSh dollarini kreditni toʻliq soʻndirilmagan boʻlsada, bank xatini soxtalashtirib, Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastriga taqdim etib, mulkni taqiqdan chiqarganlar. 

Uchtepa tuman prokuraturasi tergovchisi T.Gafurovning 2023 yil 21 dekabrdagi qaroriga koʻra ban xodimi R.XXXXga oid qismi, JPK 84-moddasi 5-qismining 1-bandiga asosan tugatilgan.

Sudlanuvchi tadbirkor T.XXXX oʻz aybiga qisman iqrorlik bildirib koʻrsatuv berib oʻtgan. XATB “Davr Bank” Uchtepa filialining 2024 yil 5 fevraldagi xatiga koʻra bank oldidagi T.XXXXning kredit boʻyicha qarzdorligi 2.879.044.074 soʻmni tashkil etib, garov tariqasida taqdim etilgan koʻchar va koʻchmas mulklar kredit pullarini soʻndirishga yetarli deya baholangan. 

Sud sudlanuvchi T.XXXXning XATB “Davr Bank” Uchtepa filialidan olingan kredit pul mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilish maqsadi boʻlmagan, tergov organi tomonidan pul mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganlikda ifodalangan ayb, asossiz eʼlon qilingan deb hisobladi. Lekin sud uning hujjatni qalbakilashtirib, ish yuritgani, buni bilib turib amalga oshirgani toʻgʻri baholangan deya xulosa qilgan. 

Yakuniy hukmga koʻra, JK 59-moddasining 8-qismi va 61-moddasi tartibida T.XXXXga, jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tuman sudining 2023 yil 22 avgustdagi hukmi bilan tayinlangan, jarima jazosini toʻliq qoʻshish yoʻli bilan uzil-kesil oʻtashlik uchun ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 399,5 baravari miqdoridagi 119.850.000 soʻm jarima jazosi tayinlandi.

Avvalroq Xalq banki mansabdori katta pulni oʻzlashtirgani uchun jazolangandi

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+