Oʻzbekiston aholisi qariyb 37 millionga yetdi
Doimiy aholi soni har kuni oʻrtacha 1,8 ming kishiga oshmoqda.

Oʻzbekiston aholisi soni qariyb 37 millionni tashkil etdi.
Doimiy aholi soni har kuni oʻrtacha 1,8 ming kishiga oshmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024 yilning 1 aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 963 262 kishini tashkil etgan.
Respublikaning doimiy aholisi soni oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 % ga oshgan.
Mamlakat aholisi 2024 yil boshidan buyon 163,5 ming kishiga koʻpaygan.
Oʻzbekiston aholisi 2024 yilning har bir oyida oʻrtacha 54,5 ming kishiga oshgan.
2024 yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 1,8 ming kishiga koʻpaymoqda.