Elektr va gaz tariflari endi yangicha narxlanadi

Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Iqtisod
16-aprel, 16:15
Elektr va gaz tariflari endi yangicha narxlanadi

Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, 2024 yil 1 maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlari tasdiqlandi.

Unga koʻra, 1 maydan elektr energiyasi narxi isteʼmolchilarning I va II guruhlariga kiruvchi qismiga oʻzgarishsiz – 1 kVt·soat uchun 1000 soʻm va 900 soʻmdan qolmoqda.

Isteʼmolchilarning III guruhi, shu jumladan, ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan koʻp qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy isteʼmolchilar uchun bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:

  • oyiga 200 kVt·soatgacha – 225 soʻm;
  • oyiga 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha – 450 soʻm;
  • oyiga 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgacha – 675 soʻm;
  • oyiga 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgacha – 787,5 soʻm;
  • oyiga 10 000 kVt·soat va undan yuqori – 900 soʻmdan etib belgilanmoqda.

Qolgan maishiy isteʼmolchilar uchun esa bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:

  • oyiga 200 kVt·soatgacha – 450 soʻm;
  • oyiga 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha – 900 soʻm;
  • oyiga 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgacha – 1 350 soʻm;
  • oyiga 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgacha – 1 575 soʻm;
  • oyiga 10 000 kVt·soat va undan yuqori – 1 800 soʻmdan etib belgilanmoqda.

Isteʼmolchilarning IV guruhi uchun ham narxlar oʻzgarishsiz – 1 kVt·soat uchun 900 soʻmdan qolmoqda.

Tabiiy gaz yetkazib berish narxi esa quyidagicha oʻzgarmoqda: barcha isteʼmolchilar uchun toʻlov miqdori oʻzgarishsiz, yaʼni bir kubometr uchun 1500 soʻmdan qolmoqda.

Yirik ulgurji isteʼmolchilar hamda byudjet tashkilotlari uchun ham tabiiy gaz narxi oʻzgarishsiz – bir kubometr uchun 1800 soʻmdan qolmoqda.

Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga mavsumga qarab narx belgilanmoqda. Xususan, noyabr-fevral oylari davomida bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:

  • oyiga 500 kub metrgacha – 650 soʻm;
  • oyiga 501 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 500 soʻm;
  • oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 1 950 soʻm;
  • oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 275 soʻm;
  • oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz isteʼmol qiladiganlar bir kub metr uchun 2 600 soʻmdan toʻlashlari belgilanmoqda.

Mart-oktabr oylarida isteʼmolchilar bir oydagi isteʼmolidan kelib chiqqan holda quyidagicha haq toʻlaydilar:

  • oyiga 100 kub metrgacha – 650 soʻm;
  • oyiga 101 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 500 soʻm;
  • oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 1 950 soʻm;
  • oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 275 soʻm;

oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz isteʼmol qiladiganlar bir kub metr uchun 2 600 soʻmdan toʻlaydilar.

Aholiga maishiy ehtiyojlar uchun sotiladigan suyultirilgan gazning bir kilogrammi uchun toʻlov 1 600 soʻm etib belgilanyapti.

2024 yilning 1 iyunidan boshlab esa avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari uchun bir kub metr tabiiy gaz 1 800 soʻmdan yetkazib beriladi.

Qaror bilan 2025 yilning 1 aprelidan eʼtiboran bosqichma-bosqich oʻzgaradigan narxlar ham belgilab berilmoqda. Xususan:

2025 yil apreldan boshlab, elektr energiyasi narxi isteʼmolchilarning I guruhiga kiruvchi qismiga oʻzgarishsiz – 1 kVt·soat uchun 1 000 soʻm etib belgilanyapti. II guruh isteʼmolchilar uchun ham bir kilovatt·soat elektr energiyasi 1000 soʻmdan yetkazib beriladi.

Isteʼmolchilarning III guruhi, shu jumladan, ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan koʻp qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy isteʼmolchilar uchun bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:

  • oyiga 200 kVt·soatgacha – 300 soʻm;
  • oyiga 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha – 500 soʻm;
  • oyiga 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgacha – 750 soʻm;
  • oyiga 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgacha – 875 soʻm;
  • oyiga 10 000 kVt·soat va undan yuqori – 1 000 soʻmdan etib belgilanmoqda.

Qolgan maishiy isteʼmolchilar uchun esa bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:

  • oyiga 200 kVt·soatgacha – 600 soʻm;
  • oyiga 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha – 1 000 soʻm;
  • oyiga 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgacha – 1 500 soʻm;
  • oyiga 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgacha – 1 750 soʻm;
  • oyiga 10 000 kVt·soat va undan yuqori – 2 000 soʻmdan etib belgilanyapti.

Isteʼmolchilarning IV guruhi ham keyingi yilning 1 aprelidan eʼtiboran bir kVt·soat elektr energiyasi uchun 1000 soʻmdan toʻlaydilar.

Tabiiy gaz yetkazib berish narxi esa quyidagicha oʻzgaradi:

Barcha isteʼmolchilar uchun toʻlov miqdori bir kubometr uchun 1800 soʻmdan etib belgilanmoqda.

Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari uchun bir kub metr tabiiy gaz 2500 soʻmdan yetkazib berilsa, issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari buning uchun 1800 soʻmdan toʻlaydilar.

Aholining kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun isteʼmol qiladigan tabiiy gazi uchun narxlar oʻzgaradi. Yaʼni kelgusi yilning 1 aprelidan eʼtiboran, noyabr-fevral oylari davomida bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:

  • oyiga 500 kub metrgacha – 1 000 soʻm;
  • oyiga 501 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 800 soʻm;
  • oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 2 100 soʻm;
  • oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 500 soʻm;
  • oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz isteʼmol qiladiganlar bir kub metr uchun 3 000 soʻm etib belgilanyapti.

Mart-oktabr oylaridagi bir oylik isteʼmol uchun esa quyidagicha haq toʻlanadi:

  • oyiga 100 kub metrgacha – 1 000 soʻm;
  • oyiga 101 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 800 soʻm;
  • oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 2 100 soʻm;
  • oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 500 soʻm;
  • oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz isteʼmol qiladiganlar bir kub metr uchun 3 000 soʻmdan toʻlaydilar.

Aholiga maishiy ehtiyojlar uchun sotiladigan suyultirilgan gazning bir kilogrammi uchun toʻlov 2 000 soʻm boʻladi.

Qaror bilan 2024 yil 1 maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlari ham belgilanmoqda.

Unga koʻra, elektr energiyasi bir oylik bazaviy meʼyori 200 kVt·soatni, tabiiy gaz uchun esa isitish mavsumida 500 kub metrni, boshqa mavsumda esa 100 kub metrni tashkil qilmoqda.

Isitish mavsumi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktabr-fevral oylarini, boshqa hududlarda esa noyabr-fevral oylarini qamrab oladi.

Isitishdan tashqari mavsum Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida mart-sentabr oylarini, boshqa hududlarda esa mart-oktabr oylarini qamrab olishi nazarda tutilmoqda.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+