Oʻzbekistondan Isroilga aviareys bekor qilindi

Avvalroq Tel-Avivdagi elchixona fuqarolarni ogohlantirgandi. 

Jamiyat
15-aprel, 9:24
Oʻzbekistondan Isroilga aviareys bekor qilindi

Oʻzbekistondan Isroilga reys bekor qilindi. 

Yaqin Sharq mamlakatlarining bir qismi ustidan havo hududining yopilishi munosabati bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya hukumatining parvozlar xavfsizligini taʼminlash zarurati bilan bogʻliq qarorini hisobga olgan holda, Uzbekistan Airways faqat 2024 yil 15 aprel kuni HY 301/302 Toshkent - Tel-Aviv - Toshkent yoʻnalishidagi aviaqatnovlarini bekor qiladi.

"Faqat 2024 yil 15 aprel kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan HY 301/302 aviaqatnovi aviachiptalarini qayta bron qilish yoki pul mablagʻlarini jarima undirilmagan holda qaytarish uchun yoʻlovchilardan Uzbekistan airways sales filialiga yoki aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalariga murojaat qilishlarini soʻraymiz" deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz,  2024 yil 14 aprel tunida Eron Isroil tomonga dron va raketalar bilan zarba berdi. Isroil ularning 99 foizi bartaraf etilganini bildirdi. 

Avvalroq Tel-Avivdagi elchixona oʻzbekistonliklarni ogohlantirgandi. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+