platina.uz
Jahon

Apple smartfon savdosida Samsung`dan ortda qoldi

Yilning dastlabki uch oyida jami 289,4 million dona smartfon sotilgan, bu oʻtgan yilga nisbatan 7,8 foizga koʻpdir.

Apple smartfon savdosida Samsung`dan ortda qoldi

International Data Corporation tadqiqot kompaniyasi hisobotiga koʻra, 2024 yilning yanvar-mart oylarida Apple smartfonlari savdosi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 9,6 foizga kamaydi. Bu davrda 50,1 million dona iPhone sotilgan (2023 yilning birinchi choragida 55,4 million dona), kompaniyaning bozordagi ulushi 17,3 foizni tashkil qilgan.

Apple kompaniyasining koʻrsatkichi Bloombergning kompaniya oʻrtacha 51,7 million smartfon yetkazib berishini bildirgan prognozidan ham yomonroq boʻlib chiqdi. Kompaniyaning faoliyati Xitoyda sotuvlar pasayishi tufayli yomonlashdi (Counterpoint Research tahlilchilarining fikriga koʻra, ular yil boshida 24 foizga pasaygan). 2023 yilda bu mamlakat rasmiylari milliy xavfsizlikka xavf tugʻdirishini bahona qilib, ayrim davlat xizmatchilariga ish joyida iPhone va boshqa xorijiy qurilmalardan foydalanishni taqiqlagan edi.

Apple eng yirik smartfon ishlab chiqaruvchilari reytingida Samsung`ga yana birinchi oʻrinni boy berdi. Janubiy Koreya kompaniyasining sotuvi 60,1 million dona qurilmani tashkil etib, 0,7 foizga, bozor ulushi 20,8 foizga pasaydi (2023 yil oxirida Apple Samsung kompaniyasini ortda qoldirdi: savdo hajmi mos ravishda 234,6 million va 226,6 million telefonni tashkil etdi).

2024 yilning birinchi choragida uchinchi oʻrinni Xiaomi egalladi, u 40,8 million dona smartfon yetkazib berdi va bozorning 14,1 foizini egalladi. Birinchi beshlikka Transsion (28,5 million smartfon, 9,9 foiz) va Oppo (25,2 million, 8,7 foiz) ham kirdi. Transsion sotuvi 85 foizga, Xiaomi esa 33,8 foizga oshdi.

Yilning dastlabki uch oyida jami 289,4 million dona smartfon sotilgan, bu oʻtgan yilga nisbatan 7,8 foizga koʻpdir.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid