Eron Isroilga dronlar va raketalar bilan hujum qildi. Asosiy maʼlumotlar

Eron oliy rahnamosi murojaat bilan chiqib, "Isroil jazolanishi" haqida gapirdi. Qarshi tomon esa dron va raketalarning deyarli barchasi urib tushirilganini aytmoqda.  

Jahon
14-aprel, 9:02
Eron Isroilga dronlar va raketalar bilan hujum qildi. Asosiy maʼlumotlar

14 aprel tunida Eron tomonidan Isroilga 200dan ortiq dronlar,  qanotli va ballistik raketalar uchirildi. Isroil tomoni esa ularning barchasi urib tushirilganini maʼlum qildi.

Isroil mudofaa kuchlari matbuot kotibi kontr-admiral Daniel Xagariyning aytishicha, Eron 200 dan ortiq kamikadze dronlari, qanotli raketalar va ballistik raketalar uchirgan.

Uning soʻzlariga koʻra, Isroil va uning mintaqadagi ittifoqchilarining mudofaa tizimlari raketa va uchuvchisiz samolyotlarning katta qismini tutib oldi. Ularning oʻnlablari, deydi u, Isroil hududidan tashqarida urib tushirilgan.

Hagariyning aytishicha, Eronning bir nechta raketalari Isroilning bir harbiy obʼektiga ozgina zarar yetkazgan. U gap qaysi obʼekt haqida ketayotganiga aniqlik kiritmadi.

Isroil matbuoti xabarlariga koʻra, Isroil janubidagi Negev choʻlidagi harbiy bazaga zarar yetgan boʻlishi mumkin. Operatsiya hali tugamagan, dedi Hagariy: "Mudofaamiz nishonlarni tutib olishda davom etmoqda".

 Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu xalqqa qilgan murojaatida harbiylar "har qanday ssenariyga tayyor" ekanini aytdi. Tez orada Quddus, Tel-Aviv, Ashkelon va Isroilning boshqa shaharlarida havo hujumi sirenalari yangradi va havo hujumidan mudofaa tizimlarining shovqini eshitildi.

Amerika matbuoti xabarlariga koʻra, AQSh havo mudofaa tizimlari Eron raketalari va dronlarini tutib olishda ishtirok etgan.

Eslatib oʻtamiz,  Eronning ushbu hujumi 1 aprel kuni Isroilning Damashqdagi Tehron konsulligiga bergan zarbasi bilan bogʻliq. Unda ikki general va qator ofitserlar halok boʻlgandi

Oldinroq Oʻzbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroildagi fuqarolarni ogohlantirgandi

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+