Toshkent yana dunyoning havosi ifloslangan shaharlaridan deya topildi
AQI indeksiga koʻra, Nepal poytaxti Katmandu antireytingda birinchi oʻrinni egalladi.
Oʻzbekiston poytaxti Toshkent havosi iflos shaharlar roʻyxatida toʻrtinchi oʻrinni egalladi.
Hayit bayramlarida koʻchalarda mashinalar va odamlar harakati kamayganiga qaramay, Bangladesh poytaxti Dakka shanba kuni AQI indeksida 178 ball bilan havo sifati eng yomon shaharlar roʻyxatida ikkinchi oʻrinni egalladi.
Dakka havosi bugungi kunda havo sifati indeksiga koʻra "nosogʻlom" deb tasniflangan.
Roʻyxatning birinchi pogʻonasini Nepal poytaxti Katmandu band etgan. Uchinchi va toʻrtinchi oʻrinlarini Hindistonning Kalkutta va Oʻzbekistonning Toshkent shaharlari egallab, mos ravishda 188, 174 va 163 ballni qayd etilgan.
AQI indeksiga koʻra zarrachalar ifloslanishi boʻyicha havo sifati qiymati 101 dan 150 gacha boʻlsa, "sezgir guruhlar uchun nosogʻlom", 150 dan 200 gacha" nosogʻlom", 201 dan 300 gacha boʻlsa, "juda nosogʻlom" deb hisoblanadi. 301+ "xavfli" hisoblanadi va aholi salomatligi uchun jiddiy xavf tugʻdiradi.
AQI kunlik havo sifati haqida hisobot berish uchun indeks boʻlib, odamlarga maʼlum bir shahar havosi qanchalik toza yoki ifloslanganligi va sogʻliq uchun qanday taʼsirlar borligi haqida maʼlumot beradi.
Dakka uzoq vaqtdan beri havo ifloslanishi muammosi bilan kurashib keladi. Uning havo sifati odatda qishda nosogʻlom boʻlib qoladi va musson yomgʻirlari paytida yaxshilanadi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, havo ifloslanishi asosan, insult, yurak kasalliklari, surunkali obstruktiv oʻpka kasalliklari, oʻpka saratoni va oʻtkir respiratorli infeksiyalarga olib keladi. Mazkur kasalliklar tufayli har yili dunyo boʻylab yetti millionga yaqin odam vafot etadi.
Eslatib oʻtamiz, Toshkentda havo sifati masalasi doimo kun tartibida turadi. Poytaxt soʻnggi yillarda havosi notoza shaharlar roʻyxatida yetakchi oʻrinlarni egallab kelmoqda.