Qozogʻiston "misli koʻrilmagan toshqinlar" sabab yirik forumni bekor qildi

Ostona forumi joriy yilning 13-14 iyun kunlari oʻtishi lozim edi. 

Jahon
13-aprel, 16:52
Qozogʻiston "misli koʻrilmagan toshqinlar" sabab yirik forumni bekor qildi

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev mamlakatda misli koʻrilmagan suv toshqini tufayli iyun oyida Ostona xalqaro forumini bekor qilishga qaror qildi. Bu haqda respublika rahbari matbuot xizmati xabar berdi

Qaror, shuningdek, keng koʻlamli vayronagarchilik oqibatlarini bartaraf etish va odamlarga yordam koʻrsatish uchun moliyaviy resurslarni tejash zarurati tufayli qabul qilindi, deyiladi xabarda. 

Ostona forumi joriy yilning 13-14 iyun kunlari boʻlib oʻtishi kerak edi. Rasmiylar xalqaro tadbirni keyingi yilga qoldirishga qaror qilishdi. "Prezident tadbirga taklif etilgan ishtirokchilar ushbu qarorga tushunish bilan yondashishlariga umid bildirdi. Ostona xalqaro forumi 2025 yilda oʻz ishini tiklaydi", — deyiladi rasmiy xabarda. 

 Eslatib oʻtamiz, Qozogʻistondagi suv toshqinlari soʻnggi 80 yildagi eng katta tabiiy ofat sifatida baholangandi. Ofat mart oyining oxirida boshlangan, 10 aprel kuni esa Qozogʻistonning 17 viloyatidan 10 tasida: Abay, Aqmoʻla, Aqtoʻbe, Atirau, Gʻarbiy Qozogʻiston, Qaragʻanda, Qoʻstanay, Pavlodar, Shimoliy Qozogʻiston va Ulitauda favqulodda holat eʼlon qilingan edi. 

Eng keskin vaziyat Rossiya bilan chegaradosh Atirau, Akmola, Aqtoʻbe, Qoʻstanay, Sharqiy Qozogʻiston, Shimoliy Qozogʻiston va Pavlodar viloyatlarida kuzatilmoqda. 7 aprel kuni Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi ikki kishi halok boʻlgani haqida xabar berdi.

FVV maʼlumotlariga koʻra, 13 aprel holatiga koʻra, oltita hududda 3957 ta xususiy turar-joy binosi va 942 ta hovli hududi suv ostida qolmoqda. Suv toshqini boshlanganidan buyon qutqaruvchilar 102 mingdan ortiq odamni evakuatsiya qildi, jabrlangan hududlarga 1100 tonna gumanitar yordam yetkazildi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+