Oʻzbekistonda elektron sigaretalar taqiqlanishi mumkin
Sogʻliqni saqlash vazirligi ishlab chiqqan qonun loyihasiga koʻra, elektron sigareta va tamaki qizdirish tizimlari taqiqlanadi.

Oʻzbekistonda elektron sigaretalar va IQOSlar taqiqlanishi mumkin.
Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab qonun loyihasiga koʻra, Oʻzbekistonda elektron sigaretalar va tamakini qizdirish tizimlarini (IQOS) muomalasini taqiqlash koʻzda tutilmoqda. Shuningdek, ushbu mahsulotlar muomalasini taqiqlash bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Hujjatda aytilishicha, maktablarning yuqori sinf oʻquvchilari orasida elektron sigaretalarga qiziqish tez surʼatlarda ortmoqda, xususan, 26,6 ming oʻgʻil bolalar va 8,6 ming qiz bolalar chekishga moyil.
Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, 2021–2023 yillarda Oʻzbekistonga 28,5 million dollarlik 5,4 million dona elektron sigaret qonuniy yoʻl bilan olib kirilib, yana 11,8 milliard soʻmga yaqin mol noqonuniy ravishda olib kirishga urinilgan.
Monitoring shuni koʻrsatdiki, oʻsmirlar va yoshlar kattalarga qaraganda elektron sigaretlardan uch baravar koʻproq foydalanishadi. Maktab oʻquvchilari chekishga moyil - 26,6 ming oʻgʻil va 8,6 ming qiz. Va chora koʻrilmasa, kelajakda har beshinchi (20 foiz) oʻzbekistonlik yosh nikotindan aziyat chekadi.
Maktab va jamoat joylarida oʻtkazilgan reydlarda oʻquvchilardan olingan elektron sigaretalar soni yildan-yilga tobora oshib bormoqda. 2019 yilda 6 ta holat, 2020 yilda – 27 ta, 2021 yilda – 31 ta, 2022 yilda - 856 ta, 2023 yilda – 1040 ta aniqlangan.
Agar zarur choralar koʻrilmasa, kelgusida yosh avlodning har beshinchisi (20 foiz) nikotinga qaramlikdan aziyat chekadi.